Nunu Eshpiritu Santu faoliyatini Liga 1'da davom ettirishi mumkin

Alisher
16 noya 2021
"Tottenxem" va "Vulverxempton" sobiq mutaxassisi Nunu Eshpiritu Santu faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Murabbiy bilan shartnoma imzolashga "Lill" va "Lion" qiziqmoqda.

Santuning vakili bu borada muzokaralarni boshladi. Nunu yuqorida aytilgan jamoalardan birini yanvarda qabul qilib olishi mumkin.

Eshpiritu bir necha oy davomida "Tottenxem"da ishladi va salbiy natijalar sabab iste'foga chiqarildi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun