

"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin 47 yoshli mutaxassis uchun "bo'rilar" boshqaruvidagi so'nggisi bo'ladi.
Ma'lumot uchun, Santu "Vulverxempton"da to'rt yil ishladi. Uning qo'l ostida jamoa chempionshipdan Premer-ligaga yo'l oldi, shundan so'ng ikki yil ketma-ket APLda 7-o'rin egallandi. Shuningdek, jamoa deyarli 50 yil ichida birinchi marta evrokuboklarning chorak finaliga chiqdi (2019/20 yilgi mavsum).
"Vulverxempton" ayni paytda APL turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.



