"Nyukasl" 40 mln evrolik transferni amalga oshirmoqda

Alisher Ostonov
9 avg 2025
Malik Tiav "Nyukasl"ga o'tishga yaqin turibdi.

Ingliz klubi "Milan" bilan 24 yoshli himoyachining transferini bonuslarni hisobga olgan holda 40 million evro evaziga amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Fabricio Romano.

Bitim ishlari yakuniy bosqichda, futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Ma'lumot uchun, Malik Tiav o'tgan mavsum A Seriyada 22 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka ishlab oldi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano