OAV: Koselni Fransiya klubi bilan kelishib oldi

"Arsenal" himoyachisi Loran Koselni faoliyatini Fransiyada davom ettirishni istamoqda.

RMC nashrining ma'lum qilishicha, Koselni "Renn" klubi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan.

Avvalroq, 33 yoshli futbolchi "Arsenal" bilan mavsumoldi o'tkaziladigan turnega bormagandi. Uning "kanonirlar" bilan shartnomasi kelasi mavsum yakunlanadi. Koselni londonliklar safida 2010 yildan beri harakat qilayotgandi.



Manba: twitter.com/GFFN