

“Ushbu mavsumda biz “Bavariya”ning kayfiyatini buza olamiz va buning uchun jamoamizda barcha imkoniyatlar mavjud. Biroq buni amalga oshira olamizmi yoki yo'qmi mavsum oxirida bilib olamiz. “Bavariya”ning qaysidir tomoni bizdan ustun bo'lishi mumkin, lekin biz mamlakat Superkubogida ularni enga oldik”, - deydi Obameyyang.



