"Obod"ning yangi bosh murabbiyi kim?

Narzulla Saydullayev
5 aug 2017
Bugun oliy liganing ikkinchi davrasi boshlandi.

Toshkentning "Obod" klubi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ikkinchi davrada ishtirok etishi so'roq ostida qolgandi.

Jamoa bosh murabbiyi Rauf Inileev va ko'plab futbolchilar jamoani tark etishdi.

Bugun "Navbahor" bilan o'yin qaydnomasida "Obod" bosh murabbiyi sifatida Andrey Demchenko yozilgan. Demak ukrainalik mutaxassisning "Obod"ni boshqarishi aniq bo'ldi.

Andrey Anatolevich Demchenko 1976 yil 20 avgust sansida Ukrainaning Zaporoje shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Moskvaning CSKA, Gollandiyaning "Ayaks", Ukrainaning "Metallurg Z", "Ilichyovec", "Obolon", "Gelios" va Moldovaning "Dachiya" klublarida o'ynagan.

Murabbiylik faoliyatini 2011 yil Zaporojening "Imeks" klubida boshlagan. Keyinroq "Metallurg Z" klubida ishladi. 



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Sardor Raupov fc barca
5 aug 2017
Obodni obod qilsin endi...OBODGA OMAD!
Nuriddin
5 aug 2017
Brigadadagi bolaga o'xsharkan
Gabriel santus
5 aug 2017
Obod lester boladi menimcha
submit
5 aug 2017
Obot gazini bos
Qo'qon_1912(Barsa)
5 aug 2017
wu obodni urniga surxon, guliston, xorazm, yo bumasam vodiydan talablar kop chiqariwsa buladiyu nma keregi bor masxarabozchilikni kurdik axvolini yetadi poytaxdan 3 ta komanda
Neymar
5 aug 2017
Ободга Омад, Шахсан ман учун жуда қизиқарли жамоа
Bobur. Australia
5 aug 2017
Jurnalist degan ham shu darajada boladmi..... ha borib sal to'liqroq malumot olsa bolmedi klub haqida.... bular tayyoriga borishadi.....
Фк Шуртан 2017
5 aug 2017
Ободга омад ёр булсин.
Jasur Jasur
5 aug 2017
obod ga omad