OCHL-2. "Nasaf" chempionlikdan keyingi 4-o'yinida ham mag'lub bo'ldi

Tolibjon Qosimov
27 nov 2024
Bugun Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasining 5-turi doirasida "Nasaf" jamoasi "Kuvayt SK"ni qabul qildi.

Osiyo chempionlar ligasi 2, 5-tur.

"Nasaf" - "Kuvayt SK" 1:2 (TUGADI)

27.11.2024. Qarshi, "Markaziy" stadion. 19:00

Hakamlar: Majid Muhammad Al Shamroni, Hesham Muhammad Al Refaei, Umar Ali Al Jamol, Al Hunfush Al Husayn (barchasi Saudiya Arabistoni)

Nazoratchi: Kvong Yong Chul (Koreya Respublikasi)

Gol: Zoran Marushich (Akmal Mozgovoy) 43, 1:0, Yahyo Jabrane (penalti) 46, Amr Ahmad Ismoil 55

Komissar: Kitti Vongstapornchai (Tailand)

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Dilshodjon Komilov, 5.G'olib G'aybullaev ( 6.Murodbek Rahmatov, 62), 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Sidiqov, 10.Bobir Abdiholiqov (20.Viktor da Silva, 62), 19.Stefan Cholovich, 22.Igor Golban, 32.Zoran Marushich, 34.Sherzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (79.Azizjon Axrorov, 88)

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 3.Shohjahon Sultonmurodov, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 21.Doniyor Narzullaev, 24.Sardorbek Bahromov, 44.Shahzod Akramov, 55.Diyorbek Abdunazarov, 77.Oybek Bozorov,  88.Marko Stanoevich.

"Kuvayt SK": 40.Abdulrahmon Marzuq, 2.Sami Alsanea, 8.Ahmad Al Defiri, 9.Faysal Al Harbi (42.Holid Al Harqavi,90) 11.Muhammad Abdulloh, 14.Amr Ahmad Ismoil, 22.Amine Abulfath, 23.Muhammad Al Rashidi, 27.Taha Yassin Kenissi (26.Muhammad Marhun, 90+4), 35.Arsene Zola Kiaku, 37. Yahyo Jabrane.

Zaxira: 33.Suod Alhushan, 34.Dari Al Otaibi, 5.Fahad Al Hajeri, 6.Yusuf Al Hebezi, 7.Ibrahim Kamel Marzuq, 13.Fahad Al Reshidi, 

Ogohlantirishlar: G'olib G'aybullaev ("Nasaf") 4, Dilshod Komilov ("Nasaf") 39, Akmal Mozgovoy ("Nasaf") 45+2, Abdelfattax Amine ("Kuvayt SK") 59, Abdulrahmon Marzuk ("Kuvayt SK") 69

Chetlatish: Abduvohid Nematov ("Nasaf") 90+5

MATNLI TRANSLYACIYA




Uchrashuv yakunlandi. 

90+5. CHETLATISH. "Nasaf" posboni Abduvohid Nematovga qizil kartochka ko'rsatdi. Barcha o'zgarishlar amalga oshirib bo'lingan. Endi Dilshod Komilov darvozabon rolida. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Zoran Marushichning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq. 

87. O'ZGARISH. "Nasaf" Jambuli Jigauri o'rniga Azizjon Ahrorov tushdi.

75. Onlayn jadvalda "Nasaf" 4 ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi. 

72. "Nasaf"ning hujumlari samara keltirmayapti. 

69. OGOHLANTIRISH. Abdulrahmon Marzuk, "Kuvayt SK"

62. O'ZGARISH. "Nasaf", Murod Rahmatov G'olib G'aybullaevning o'rniga, Bobir Abdixoliqov o'rniga Viktor da Silva tushdi.

55. GOL. "Nasaf" himoyachilari va darvozaboni bir birini o'zaro tushana olishmagani "Kuvayt SK"ning o'yindagi ikkinchi goliga olib keldi, 1:2. Gol Golbanga qarshilik qilib vaziyatga aralashgan Amr Ahmad Ismoil hisobiga yozildi.

50. ZARBA. Jigaurining bir tepar uslubida yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

47. GOL. Yahyo Jabrane 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llashda adashgani yo'q, 1:1

46. PENALTI. "Nasaf" darvozasiga penalti belgilandi. Sidiqov raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

43. GOOOOOOOOOOOOOOL. Nihoyat va nihoyat hujumlar samara keltirdi. Autdan tashlab berilgan to'p ikkinchi qavatda Mozgovoy orqali Zoranga kelib tushdi, uning zarbasi gol bilan yakunlandi. 

41. Ustunlik to'liq "Nasaf"da. Ammo gol yo'q. 

36. ZARBAAA. Bu safar Bobir Abdixoliqovning zarbasi juda kuchli ammo noaniq ko'rinish oldi.

32. ZARBAAA. "Nasaf" yarim himoyachisi Javohir Sidiqov Cholovich bilan chiroyli hujum tashkil qildi. Sidiqov jarima maydonchasi ichiga kirib borib noaniq zarba berdi.

25. "Kuvayt SK"ning o'yindagi birinchi burchak zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

20. O'yinda temp tenglashdi. Raqiblar ham oldinga o'ta boshladi. 

13. ZARBAAA. "Nasaf"dan chiroyli kombinaciya Marushich yo'llagan yakuniy zarbani mehmonlar posboni qiyinchilik bilan qaytardi.

10. UUX. "Nasaf" legioneri Stefan Cholovich Bobirning pasidan so'ng jarima maydonchasi ichida darvozaga noaniq zarba berdi. Kichik ustunlik mezbonlarda. 

6. ZARBA. Bobir Abdixoliqov jarima maydonchasi ichida raqib darvozasiga zarba berdi. Zarba noaniq ko'rinish oldi.

3. OGOHLANTIRISH. "Nasaf" himoyachisi G'olib G'aybullaev raqib himoyachisini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam uni sariq kartochka bilan jazoladi.

- O'yin boshlandi. 

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Sanjar-sanjar
27 nov 2024
Penalti qoyib beradigan hakqm topilarmikan bugun
Holis
27 nov 2024
Рузикул ака озрок дам олинг. Бир жамоа учун куп ишлавордингиз. Сизга рахмат Узбекистон футболи учун анча мехнат килдингиз , зур шргирдлар етказиб бердингиз. Энди бир хаво алмаштириб хориж тажрибасини урганинг
fanat
27 nov 2024
Supper ligadagi oxirgi 2 ta o‘yinni "sovg‘a" qilgan komandani Futbol kechirarmikan. Aslini olganda xammasi xarakatimizga qarab belgilanadi
Bu shunchaki o'yin
27 nov 2024
MTJda teshik teshikligicha qoladi, Nasaf varatari ham bugun undan qolishmadi. Ehh Nesterov...
Doniyor 1800
27 nov 2024
Darvozani ochib quysa ham gol urolmaydi bular