OCHL 2 oldidan. "Nasaf" xalqaro o'yinlarga tayyormi?

Sherzod Nurmatov
18 sep 2024
Kecha Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasining dastlabki mavsumiga start berildi.

Hozircha G'arb mintaqasida faqat ikkita o'yin o'tkazilgan bo'lsa, bugun boshqa uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Mazkur turnirda Qarshining "Nasaf" klubi O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Qarshiliklar 2023 yilgi mavsum O'zbekiston Kubogi sohibi sifatida musobaqada ishtirok etishadi. 

"Nasaf" guruhdagi ilk o'yinini bugun Kuvaytda "Kuvayt" SK jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin bizning vaqt bilan 21:00da start oladi. 

Musobaqa formati haqida

Osiyo chempionlar ligasi 2 avvalgi OFK Kubogining "merosxo'ri" bo'lib, bu yildan yangi nomga ega bo'ldi. Bungacha ushbu musobaqa 20 yil davomida OFK Kubogi nomi bilan atalib keldi. Musobaqaning guruh bosqichida 32ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 4tadan 8 guruhga bo'lingan. OCHL 2 klublarni ikki mintaqaga bo'lgan holda o'tkaziladi. Shunda Sharq mintqasida 16ta, G'arb mintaqasida ham 16ta jamoa kurash olib boradi. 

"Nasaf" G'arb mintaqasining "D" guruhidan joy olgan bo'lib, o'z o'yinlarini "Kuvayt SK", BAAning "Shabab Al Ahli" hamda Iordaniyaning "Al Husseyn Irbid" klublariga qarshi o'tkazadi.

Guruh o'yinlari yakuniga etgach, har bir guruhdan 2tadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. 1/8 finalda jamoalar 8ta juftlikka bo'linadi va o'yinlar uy-mehmon tarzida kechadi. Guruh o'yinlari yakuniga etganidan so'ng 12 dekabr kuni 1/8 finalga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. 


"Nasaf"ning tayyorgarligi haqida



Ayni payt Superligada peshqadamlik qilayotgan "Nasaf" bu o'yinga yaxshi kayfiyatda etib keldi. Jamoa Superliganing oxirgi 4ta o'yinida faqat g'alaba qozonib, birorta ham gol o'tkazmadi. To'plar nisbati 7-0. Buni esa juda yaxshi ko'rsatkich desa bo'ladi.

"Nasaf" Kuvaytga Toshkent - Doha - Kuvayt yo'nalishi bo'ylab 16 sentyabr kuni etib bordi va ikki bor mashg'ulot o'tkazishga ulgurdi. Kecha bo'lib o'tgan o'yindan oldingi matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qiziq bellashuv kutayotganini bildirdi. 


"Kuvayt SK" haqida 



Bu jamoa Kuvaytning eng nomdor klublaridan biri hisoblanadi. Aytish mumkinki, "Kuvayt SK" bu Kuvaytning "Paxtakor"i - yani xalq jamoasi. "Kuvayt SK" shu paytgacha 19 marta mamlakat chempioni bo'lgan. Bundan tashqari 50dan ziyod turli sovrinlari bor. Jamoa bungacha 3 marta OFK Kubogida zafar quchgan - 2009, 2012 va 2013 yillarda.

"Kuvayt SK" mamlakatdagi eng yoshi katta jamoa hisoblanadi: 1960 yilda tashkil topgan. Jamoaning hozirgi o'yinlariga to'xtaladigan bo'lsak, "Kuvayt SK" bungacha ichki chempionatda 4ta uchrashuvda maydonga tushib, barchasida zafar quchdi. To'plar nisbati 14-1. Darvoqe bu jamoa OCHL 2 guruh bosqichida ishtirok etish uchun pley-offda Bahraynning "Al Ahli" klubidan ustun keldi.

Klub bosh murabbiyi 50 yoshli chernogoriyalik Neboysa Yovovich hisoblanadi. Qizig'i, murabbiyning ismi quloqqa ruscha "ne boysya", yani "qo'rqma" degan so'zga o'xshab eshitilarkan. Lekin qo'rqishga hojat yo'q, "Al Vihdat" Qarshiga kelib 1:5 hisobida engilganida ham jamoa bosh murabbiyi shu kishi edi. 


X.Xoliqov


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

negmat karabaev
18 sep 2024
Насаф хама вахт таер, лекин чемпион булишгача эмас. Эркакдай курашади Насаф.
Ravshanbek Sharopov
18 sep 2024
NASAF OMAD!!!
Alisher
18 sep 2024
Ateylab asabga tegish uchun xalq jamoasi deb qo'shib ketasilami, xalqni katta qismi yomon kurib, bir tiyinga olmasa qanoqasiga xalq jamoasi bo'ladi. Bunoqa nomga xech qaysi klubni xaqqi yo'q!!!
Haqqul
18 sep 2024
Кувайтни Пахтакори булса, факат Кувайтда зурда у
Ismoil Yuldoshev
18 sep 2024
Nasabdan galaba kutyapman. Bugungi kunda halq jamoasi deganda termalarni tushinaman.
Shovruq88
18 sep 2024
Chichqoq holiqov babayanni maqtab yozardi bu Holiqov avvallari Endi atayin hammani asabiga tegib halq jamoasi debdi pahtakor Halq nafratlanadigan jamoaku Pahtakor
Привет
18 sep 2024
Пахтакорни Халк жамоаси деб ёзишга уялмайсиларми, бир томодан хисобласа буям тугри Судьялар хам халк хисобланади, футбол уйини булаётган пайтда нари борса 100 та мухлис булади уни хам ярми мажбурий билет таркатилган мактаб, институт болалари Халк жамоаси шунака буладими !!!
Samcity
18 sep 2024
Bizarda jurnalistlar 100 yildan keyinham uzgarmaydi doimgidek laganbardorlar to'dasi
Xumoyunergashev
18 sep 2024
Axmoqmi xalq jamoasi deb yozganmi paxtakorni fanati 56 talar chiqsa kerak chiqsa agar
barselona7
18 sep 2024
Демак Қувайтни "Пахтакори" бўлса бемалол эпласа бўлади.
Ko'proq ko'rsatish