OCHL-2015. “Nasaf” – “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) uchrashuvi diskvalifikaciyalari

Narzulla Saydullayev
4 may 2015
5 may seshanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda OCHL-2015 “D” guruhi 6-turi doirasidagi hal qiluvchi o'yinlardan biri “Nasaf” va “Al-Ahli”(Saudiya Arabistoni) klublari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Ushbu uchrashuvda guruhdan chiqish uchun “Nasaf” jamoasi g'alaba qozonishi kerak bo'ladi. Saudiya Arabistnining “Al-Ahli” klubi bu vazifani muddatidan avval hal qilib bo'lgan. Agarda guruhdagi boshqa ikki jamoalar “Al-Ahli” (BAA) va “Traktorsoziy” (Eron) uchrashuvida durang qayd etilsa, “Nasaf” jamoasini durang natija ham guruhdan olib chiqadi.

Guruhdagi o'tgan 10 uchrashuvni tahlil qilib chiqqanda shu narsa ma'lum bo'ladiki, Saudiyaning “Al-Ahli” jamoasida ikkita diskvalifikaciya borligi ma'lum bo'ladi. Jamoaning yarim himoyachilari, 4-raqamdagi Volid Bakshvn va 47-raqamdagi Mustafa Al Bassaslarning olgan sariq kartochkalari soni 2tadan tashkil qiladi. Ular “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydilar.

“Nasaf” tarkibida ham bitta yo'qotish bor, yarim himoyachi Farruh Sayfiev o'z jamoasining hal qiluvchi o'yinini o'tkazib yuboradi. Uning olgan sariq kartochkalari ham 2taga etgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz