OCHL-2021. Bugun AGMK Masharipov boshchiligidagi "Shabab Al Ahli" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2021
Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi uchinchi uchrashuvini o'tkazadi.

Markazlashgan tarzda Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan ushbu o'yinda olmaliqliklarga BAAning "Shabab Al Ahli" jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv soat 23:55 da boshlanadi va "UzReport" telekanali orqali jonli efirda translyatsiya qilinadi. 

"Shabab Al Ahli" safida o'zbekistonlik Jaloliddin Masharipov maydonga tushish imkoniyatiga ega. Dastlabki ikki turdan so'ng AGMK ham, "Shabab Al Ahli" ham 1 ochkodan jamg'arishgan.



OCHL, guruh bosqichi.
"A" guruhi, 3-tur.
21 aprel, chorshanba.
AGMK - "Shabab Al Ahli" (23:55)
Ar-Riyod, "Qirol Fahd" stadioni.
Hakamlar:
Ali Hasan Abdulnabi (Bahrayn), Mahmud Abu Toxir, Obid Oqil (ikkisi Iordaniya), Qosim Al Xatmi (Ummon).




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia