OCHL-2021. “Bunyodkor” stadionida o'tgan bahsda g'olib aniqlanmadi

Eldor Akmurzayev
26 iyun 2021
OCHL-2021 sharq mintaqasidagi “I” guruhidan o'rin olgan ilk uchrashuv “Yunayted Siti” – “Beyjing Goan” o'rtasida bo'lib o'tdi.

“Bunyodkor” stadionida o'tgan uchrashuvda g'olib aniqlanmadi. O'yinda hisobni filippinliklar yarim himoyachisi Shtefan Shryok ochgan bo'lsa, javob golini Lyan Shaoven urdi.

“Yunayted Siti” (Filippin) – “Beyjing Goan” (Xitoy) 1:1 (1:0, 0:1)

19:00, “Bunyodkor” stadioni

Gollar: 0:1 – Shryok 28, 1:1 – Lyan 73

“Yunayted Siti”: Pintus, SH.Keyn, Bas, Jung, Jey Ingem (Dizon 64), A.Nazari, O.Nazari, Minegisi, Ott (Xartmann 81), Shryok, Marexon

“Beyjing Goan”: Guo, Czyan (Lunfey 46), Lyan, Ruan, Syuy, Muhamati, Chen (Li 46), Shi Yuchen (Ju 81), Hu, Duan (Gao Czyan 76), Leng (Ma Yujun 63)

Ogohlantirishlar: Ott 41, Yuchen 21, Guo 78, Yankovich 83

Ayni vaqt “Lokomotiv” o'yingohida mazkur kvartetdagi yana bir o'yin "Kavasaki Frontale" (Yaponiya) va "Tegu" (J.Koreya) o'rtasida bo'lib o'tmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia