

O'yinda hisob 1-taym oxirlarida qatarliklar forvardi Almoez Ali tomonidan ochildi. 2-bo'lim boshida himoyachi Ramin Rezayan oradagi farqni oshirdi – 2:0. 58-daqiqada “Sharja”ning braziliyalik legioneri Igor Koronada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi.
Amirliklar safida Otabek Shukurov asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq o'ynadi va 28-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. "Sharja" 4-turni 18 sentyabr kuni aynan bugungi raqibiga qarshi o'tkazadi.
“Al_Duhayl” – “Sharja” 2:1 (1:0, 1:1)
20.00, “Abdulla bin Xalifa” stadioni
Gollar: Almoez 41, Rezayan 51, Koronado (p) 58
“Al-Duhayl” – N'Diaye, Musa, Benatiya, Yasser, Al-Breyk, Al-Axrak, Junior, Rezazyan, Afir, Ali, Dudu.
“Sharja” – Al-Xosani, SH.Abdulrahmon, Al-Dxanxani, Al-Sharji, Ibragim, Shukurov, Abdulbosit, Suru, Fernandes. Velliton, Koronado.












Rasmlar muallifi: Tolibjon Qosimov



