"Paxtakor"ning raqiblari, "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ning ehtimoliy raqiblari malum. "OCHL guruh bosqichiga qura tashlandi

Tolibjon Qosimov
10 dec 2019
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi-2020 guruh bosqichiga qura tashlandi.

Marosim OFKning Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida bo'lib o'tdi. Shu sahifada qura jarayonini kuzatib bordingiz.

YANGILASH


OCHL-2020

"G'arb" mintaqasi
"A" guruhi

1. "Al Vahda" (BAA)
2. "Al Shorta" (Iroq)
3. Pley-off 4 ("Al Faysali" (Iordaniya), "Al Kuvayt" (Kuvayt), "Istiqlol" (Eron), "Ar Rayan" (Qatar)
4. Pley-off 2 ("Lokomotiv", "Istiqlol" yoki "Al Ahli")


"B" guruhi
1. "Al Hilol" (S.Arabistoni)
2. "Shabab Al Ahli" (BAA)
3. "Paxtakor"
4. Pley-off 3 ("Chennayin Siti" (Hindiston), "Al Riffa" (Bahrayn), "Shahr Xodro" (Eron), "Al Sayliya" (Qatar)


"C" guruhi
1. "Al Duhayl" (Qatar)
2. "Al Taavon" (S.Arabistoni)
3. "Sharja" (BAA)
4. "Persepolis" (Eron)


"D" guruhi
1. "Sepaxon" (Eron)
2. "Al Sadd" (Qatar)
3. "Al Nassr" (S.Arabistoni)
4. Pley-off 1 ("Bunyodkor", "Al Zavra" yoki "Al Ayn")



"Sharq" mintaqasi
"E" guruhi
1.
"Beyjing Goan" (Xitoy)
2.  
"Changrei Yunayted" (Tailand)
3.
Pley-off 4 ("Tampines Rovers" (Singapur), "Bali Yunayted" (Indoneziya), "Melburn Viktori" (Avstraliya), Yaponiya klubi)
4.
Pley-off 1 ("Kedah" (Malayziya), "Tay Po" (Gonkong), "Seul" (Janubiy Koreya)


"F" guruhi
1.
"Ulsan" (J.Koreya)
2.
"Shanxay Shenxua" (Xitoy)
3.
"Pert Glori" (Avstraliya)
4.
Pley-off 3 ("Seres-Negros" (Filippin), "Shan Yunayted" (Myanma), "Port FK" (Tailand), "Tokio" (Yaponiya)


"G" guruhi
1.
Yaponiyaning vice-chempioni
2.
"Suvon Bluevings" (J.Koreya)
3.
"Guanchjou Evergrand" (Xitoy)
4.
"Johor Darul tazim" (Malayziya)


"H" guruhi
1.
"Sidney" (Avstraliya)
2.
"Yokogama" (Yaponiya)
3.
"Jonbuk Motors" (J.Koreya)
4.
Pley-off 2 ("Buriram Yunayted" (Tailand), "Xo Shi Min" (Vetnam), "Shanxay SIPG" (Xitoy))




Quraning birinchi qismi uchun sharlarni saudiyalik afsonaviy hujumchi Yosir Al-Qahtoni tortib berdi.


Janob Shin Mangil so'zga chiqdi.


Superligada uchinchi o'rinni egallagan "Bunyodkor" ikkinchi saralash bosqichini o'z uyida Iroqning "Al Zavra" klubiga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin g'olibi BAAda "Al Ayn" mehmoni bo'ladi. Mazkur bahs g'olibi guruh bosqichiga chiqadi. Malumot uchun, "Al Zavra" o'tgan mavsum OCHLning "A" guruhida 8 ochko bilan "Zob Axan" hamda "Al Nassr" jamoalaridan keyin uchinchi bo'lgandi.


Ekranda OCHL-2020 guruhlari haqida to'liq malumot beruvchi lavha namoyish etilmoqda.


"Lokomotiv" O'zbekiston vice-chempioni sifatida OCHLning 2-saralash bosqichini Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi boshlaydi. "Temiryo'lchilar" ushbu bellashuvda g'olib bo'lishsa, Saudiya Arabistonida "Al Ahli" mehmoni bo'lishadi. Mana shu uchrashuv g'olibi guruh bahslarida ishtirok etadi.


Dato Uinsdor Jon so'zga chiqdi va ayrim jihatlarga to'xtalib o'tish bilan birga jamoalarga omad tiladi.


"Lokomotiv" matbuot kotibi Xayrulla Xoliqov va Saudiya Arabistonining afsonaviy hujumchisi Yosir Al Qahtoni.




Marosim boshlovchisi Rish Roshan Ray tadbirni boshlab bermoqda.


Marosim ishtirokchilarini ro'yxatdan o'tkazish jarayoni.


O'zbekiston chempioni "Paxtakor" esa "B" guruhining uchinchi jamoasi bo'lishi oldindan malum. Demak, Shota Arveladze shogirdlarining raqiblaridan biri Saudiya chempioni "Al Nassr" bo'lishi aniq. Yodingizda bo'lsa "Al Nassr" o'tgan mavsum saralash bahslarida AGMKni 4:0 hisobida mag'lub etgan va keyinchalik musobaqaning chorak finaliga qadar etib borgan edi.

"Lokomotiv" vakillari Xayrulla Xoliqov hamda Sardor Akromov.


O'zbek klublari vakillari marosim bo'lib o'tadigan manzilga etib kelishgan palla.



OCHL-2020 guruh bosqichiga qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 13:30da boshlanadi. Mamlakatimizdan chempion "Paxtakor" to'g'ridan-to'g'ri guruh bellashuvlariga yo'l olgan bo'lsa, vice-chempion "Lokomotiv" hamda bronza medallari sohibi "Bunyodkor" ikkinchi saralash bosqichidan kurashga kirishadi.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Usmojon Rahmatov
10 dec 2019
Leganerlar ham kopayib qolibdi Ochlda Odil Ahmedov Otabek Shukurov Ikrom Aliboyevlarga ham muhlislik qilamiz.
TAKESHY
10 dec 2019
Ал наср Пахтакор
smiletea
10 dec 2019
Менимча зоналарга булмасдан, куръада ким тушса уша билан уйнаса яхши булар эди. Япон, Корейс, хитой, Австралия алохида зонага ажратмасдан. Профессионал футбол булгандан кейин хамма имкониятини топадида. Осиёми аралаш уйнориш керак шунда кизик булади. Хадеб Ал хилол ... уйнормасдан, япон, корейслар клублари билан хам уйнаш имконияти булади.
Равшанбек-ота
10 dec 2019
Узбекистон Спорт ТВ телеканали хам куръа ташлаш маросимини тугридан - тугри эфирга узатишни бошлади ! Сизларга каттадан - катта рахмат , Спорт ТВ ижодкорлари !
Макс
10 dec 2019
Пахтакорга омад, ким билан тушсаям камида осиёда чемпион булсин! Узбекни кимлигини бутун осиёга курсатиб куйсин!!!