OCHL. Musobaqaning amaldagi g'olibi "Al Hilol" ham Dohaga etib keldi, ular "Paxtakor" bilan o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
12 sep 2020
G'arbiy mintaqa jamoalari markazlashgan OCHL o'yinlarida ishtirok etish uchun birin-ketin Qatar poytaxti Dohaga etib kelishdi.

Mamlakatimiz chempioni "Paxtakor" 10 sentyabr kuni uchib kelgan edi. 11 sentyabr kuni kechqurun esa "sherlar"ning guruhdagi asosiy raqibi ("B" guruhi) "Al Hilol" (S.Arabistoni) ham Qatarga etib keldi. Klub matbuot xizmati ana shu jarayondan suratlarni joyladi. O'z navbatida biz ham OCHLning amaldagi chempionlarining manzilga kelishidan suratlarni sizga taqdim etamiz.

"Al Hilol" yo'lga chiqishidan oldin joylangan suratlar.


Bosh murabbiy - Razvan Luchesku.


OCHL-2020ning dastlabki ikki turida eng ko'p vaziyat yaratgan italiyalik Jovinko. Uni ko'pchilik juda yaxshi taniydi.


Gol nishonlashi o'yini va gollaridan ham qo'rqinchliroq bo'lgan Bafetimbi Gomis.


Saudiyaliklar uchoqda.


Tezkor qanot himoyachisi Yosir Al Shahroni.


Janubiy koreyalik markaziy himoyachi - Jang Hyun Su.


OCHLning amaldagi g'oliblari Dohada.


Bizga ko'p bor bosh og'rig'i bo'lgan Salim Al Dovsari.


Salmon Al Faraj.


Bafetimbi GOLmis.


Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi 14 sentyabr kuni "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da start oladi.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

ⓚⓗⓞⓡⓔⓩⓜ  ⓤⓝⓘⓣⓔⓓ
12 sep 2020
O'z vaqtida Bunyodkor ham mamlakatimizning eeeeng yaxshi futbolchilarini to'plab, Skolaridek murabbiyni olib kelib hech narsa qilolmagan! Shunday ekan, shaxsan man paxtakordan hech narsa kutmayapman!!!
BÒRON
12 sep 2020
Saudiya kulublari kòproq raqibni ruhiy bosim orqali yengib quyishadi, lekin Paxtakor òz uyini kòrsatsa raqibdan hech bir jabhada qòrqmay òynasa bemalol yutishi mumkin. Kòproq ruhiy tomonlama tayyor bòlishi kerak deb òylayman. Paxtakorga omad maydonda bokschilarimizga òxshab dadil kurashinglar raqibni har tomonlama kòproq ruhiy tomonlama yenga olsayla ģalaba sizniki butun ÒZBEKISTONNIKI bòladi . Òlģa yigitlar. NASAF muxlisi.
HY
12 sep 2020
Бутун Ўзбекистон аҳли собиқ СССР пайтида Пахтакорга мухлислик қилган. Бугун ҳам шундай бўлади. Пахтакорга омад тилайман. (Навбаҳор мухлиси)
Milliy
12 sep 2020
Unisi bunday manabunisi qurqinchli gollarni nishonlashi undanam qurqinchli Deb qurqitmang biz Uzbek uglonlariga ishonamiz
Quvonchbek Jalilov
12 sep 2020
Хакикатдан хам Гомис куркинчли агар яхшилаб курикламаса голлар уриб ташеди хавфли хужумчи