OCHLdagi "Navbahor"ning bo'lajak raqibi kecha yirik g'alabaga erishdi. Benzema yo'q

Narzulla Saydullayev
5 feb 2024
Kecha Saudiya Arabistoni chempionlar kubogi chorak finali doirasidagi so'nggi o'yin bo'lib o'tdi.

"Al Ittihod" safarda "Al Faysali Al Majmaa"ni 4:0 hisobida taslim qilib, yarim finalga chiqdi. Karim Benzema uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.

Malumot uchun, "Al Ittihod" 15 fevral kuni OCHL 1/8 finali doirasida Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'ladi.

Saudiya Arabistoni chempionlar kubogi. 1/4 final
"Al Faysali Al Majmaa" - "Al Ittihod" 0:4
4 fevral 2024 yil. "Shaxzoda Faysal bin Fahd" stadioni.
Gollar:
Abdulrazzoq Hamdallah 45+4 penalti, Ngolo Kante 54, Ahmed Hegazi 68, 80.
"Al Ittihod": Marselo Groxe, Ahmed Hegazi, Hassan Kadesh, Madallah Al Olayan (Favaz AL Yami, 81), Ngolo Kante (Farhah Al Shamroni, 75), Fabino (Sulton Farhan, 81), Faysal Al Gamdi, Turki Al Jaadi, Romarino (Ahmed Al Gamdi, 75), Solih Al Amri (Marvan Al Sahafi, 62), Abdulrazzoq Hamdallah.
Bosh murabbiy: Marselo Galyardo (Argentina).



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Odilbek77
5 feb 2024
Navbahor tarkibi kuchsizlandi. Shunisi chatoq bo'ldida. Al Ittxod kuchliroq baribir.
И.М.
5 feb 2024
Навбахорга омад
Azizjon Abrorov
5 feb 2024
осио кубогидан кейин мухлисларнинг диллари хуфтон булиб турган пайтда навбахор хамда насафга омад тилаймиз зора яна биз мухлисларни фудболга кайтаришса
Chelsea Pakhtakor
5 feb 2024
Omad