

Bu o'yinda maydon egalari 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Istiqlol" klubi safida Farshid Ismoili, Ali Gurbani hamda Kaveh Rizoyi gol muallifi bo'lishdi. Osiyo chempionlar ligasida "Lokomotiv" bilan bir guruhdan joy olgan "Istiqlol" Eron chempionatida 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 37 ochko bor.
"Lokomotiv" va "Istiqlol" o'rtasidagi birinchi o'yin 13 mart kuni Tehronda bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvi 11 aprelda Toshkentda o'tkaziladi.



