OCHL. Sohibov va Ahmedov 6-turni o'tkazib yuborishadi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2016
Kecha OCHL 5-turidan o'rin olgan "Al Jazira" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yinda "sherlar" safida Nikita Ribkin, Adnan Oraxovac, Azimjon Ahmedov va Javohir Sohibov sariq kartochka olishdi. Afsuski Ahmedov va Sohibov uchun bu ogohlantirishlar musobaqadagi ikkinchisi bo'ldi. Shu bois ikkala futbolchi OCHL 6-turidan o'rin olgan "Al Jazira"ga qarshi Toshkentdagi o'yinda maydonga tusha olishmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Al Jazira" uchrashuvi 3 may kuni bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia