Odil Axmedov: Zalcburg bilan o'yinimiz chiqmadi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2016
Krasnodar yarim himoyachisi Odil Ahmedov Yevropa ligasi 5-turidan o'rin olgan Red Bull Zalcburgga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

– Pasayish bo'ladigan o'yinlar kuzatilib turadi. Zalcburg bilan o'yinimiz chiqmadi, sababi bir haftadan ikkita o'yin o'tkazayapmiz.

– Demak asosiy sabab charchoqmi?

– Balki. Ammo raqib ham yaxshi o'ynadi.

– Zenit bilan o'yingacha tiklana olasizlarmi?

– Bu umuman boshqa o'yin bo'ladi. Tayyorgarlik ko'ramiz, raqib o'yinini o'rganamiz.

– Ikki kun etarli bo'ladimi?

– Harakat qilamiz.

– Pley-offda Krasnodar oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

– Murabbiy bilan gaplashganim yo'q, darhol doping testga bordim. Doim eng yuqori maqsadlar sari intilamiz, – deydi Odil Ahmedov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru