O'FA angliyalik mutaxassislar bilan futbol mahorat maktablari faoliyatiga oid uchrashuv o'tkazdi

Sherzod Nurmatov
18 jul 2021
O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov O'zbekistondagi birinchi ingliz futbol akademiyasi hisoblangan “Brooke House College Football Academy” mutaxassislari bilan uchrashdi.

"Ingliz futbol akademiyasi vakillari xalqaro talab va standartlar asosida yurtimizda yosh futbolchilarni tayyorlashda Angliya tizimini amalga tadbiq etish, o'quv-mashq jarayonlarini samarali tashkillashtirish va musobaqalarni o'tkazish bo'yicha faoliyat olib borilayotganini takidlab o'tdi.

Angliyalik mutaxassislar O'zbekistondagi futbol mahorat maktablarini yangi bosqichga ko'tarish, yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini yanada rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha o'z takliflarini bildirdi.

Shuningdek, 2021-2022 o'quv yili avvalida O'zbekistondagi barcha umumtalim, sport va futbol mahorat maktablarida futbolga qiziquvchi yosh o'quvchilar o'rtasida selekciya ishlarini amalga oshirish, turli xil futbol festivallarini birgalikda tashkillashtirish kabi masalalar muhokama etildi.

Ravshan Ermatov angliyalik mutaxassislarga O'zbekiston futbol associaciyasi bildirilgan takliflar bo'yicha o'zaro hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bildirdi", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: ЎФА матбуот хизмати

Izohlar

Bu shunchaki o'yin
18 jul 2021
Конференция килинглар, сухбат уюштиринглар, телефон оркали мулокот килинглар, сайехатга бориб фикр алмашинглар, такдирлаш маросимида катнашинглар- шу иш. Бошка иш килманглар. Качон МТЖга тренер топасизлар? Качон футбол мактаби куриб битказасизлар? Тамом килдингларку УФАни!
Абдугаффар Абдуллаев
18 jul 2021
Тиржайган калла далбан.
azamlawer
18 jul 2021
Учрашувингаям.. Бу федерация раҳбари деган одам ит билан ҳам бит билан ҳам учрашаверар эканда
Haqiqat_2
18 jul 2021
Фойдаси йўқ учрашувлар!
Шахобиддин Мухаммад
18 jul 2021
Булар четдан таниқлироқ мураббий олиб келишига ҳеч ишонмайман, айрим маълумотларга қараганда ўзимизни Бердиев, Кападзе ва шунга ўхшаш мураббийлар билан гаплашиб юрибди... Валлоҳу аълам