

Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko'ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanets nomzodi maqul deb topildi.
O'FA rahbari Srechko Katanets boshchiligidagi Milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabiga O'zbek xalqining azaliy orzusi hisoblangan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasini qo'ydi. Bu yo'lda kelajakni ko'zlab, yosh, istedodli, kurashuvchan va vatanparvar futbolchilardan iborat raqobatbardosh tarkibni shakllantirish zarur ekanligini a'lohida ta'kidladi.
O'z navbatida, Srechko Katanets ishonch va imkoniyat uchun O'FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi hamda bor bilim va tajribasini ishga solgan holda har bir o'yinda jamoani faqatgina g'alaba tomon etaklashini aytib o'tdi.
Ma'lumot o'rnida, bugun Srechko Katanetsning O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Shartnomaga ko'ra, sloveniyalik mutaxassis 2025 yilga qadar O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.




