O'FA rahbariyati O'zbekiston U-20 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi

Narzulla Saydullayev
25 jan 2025
Ayni kunlarda Farhod Nishonov boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Dohada Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Xitoy mezbonlik qiladigan musobaqada jamoamiz guruh bosqichida Indoneziya, Yaman va Eron jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O'FA rahbariyati yoshlar jamoamiz bilan uchrashdi. Unda jamoa oldida turgan ushbu musobaqa haqida fikr bildirilar ekan, O'zbekiston turnirning amaldagi g'olibi ekanligi, terma jamoa bu gal ham musobaqada munosib ishtirok etgan holda Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishi zarurligi takidlandi. Bu borada associaciyasi tomonidan barcha sharoitlar tashkil etib berilgani aytildi. Bir jamoa bo'lib, ahillikda yuqori natija qayd etishlariga ishonch bildirildi.

Bu kabi musobaqalar siz uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochib, keyingi professional faoliyatingizda ulkan burilish yasashi mumkin. Buni Abduqodir Husanov misolida ham ko'rishimiz mumkin. U aynan Osiyo kubogidagi yorqin o'yinlari orqali xorijiy klublar etiboriga tushgandi, dedi Ravshan Irmatov.

O'z o'rnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib o'tishdi. Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sog'ligi, tiklanishi va vitaminizaciyalash jarayoni, shuningdek, futbolchilarga yuqori darajadagi tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirish ko'rsatmasi berdi.

Malumot uchun, jamoamiz bugun Dohadagi yig'inni yakunlab Toshkentga yo'l oldi. 27 yanvar kuni esa musobaqa oldidan so'nggi yig'inni o'tkazish uchun Xitoyga jo'nab ketadi.




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: ЎФА матбуот хизмати

Izohlar

Музработ
25 jan
Рауф Инелеев хам мураббийми ёки Эрматов билан биргами
Azizjon Turgunov
25 jan
damizzi opsiz Ermatov janoblari.. Xusanov na PFLsiz na UFAsiz bu natijaga erishti bollani ne aldavossan... en avvalo Alloh keyin otasi va unga ishonib sponsirli qigan agentlari bu natijaga opchiqti
Жамшид Jamshid
25 jan
Хусановни тинч ку́йинглар менсилмаган бола у́зимизда энди менсилвоти агар у́ша Беларусьда уйнаганда хеч ким гапирмасди.
Farhod__bek1990
25 jan
Omad