O'FAdan rivojlanish sari: Turkiyaning eng katta akademiyasida master klass

Narzulla Saydullayev
25 nov 2022
O'FA tomonidan Respublikadagi oliy mahorat maktablari direktorlari uchun Turkiyada master klass tadbiri tashkil qilinyapti.

Bugun delegaciya vakillari Turkiyada yil sayin o'z o'rnini mustahkamlab borayotgan, mamlakatning Evropa qismining eng kuchli akademiyasiga aylangan Oltino'rda bazasida bo'lishdi. U erda jamoani akademiyaga asos solgan, turk futbolida o'z o'rniga ega Seit Mehmet Ozkanning shaxsan o'zi kutib oldi.




Turkiya afsonasi Metin Oktay nomiga qo'yilgan mazkur akademiya "Izmir Cup" musobaqasi bilan Evropada o'z o'rniga ega. Har yili ishtirok etadigan 64ta jamoa ichida "Barselona", "Bavariya", "Manchester Siti" va kolgan grandlarni ko'rishingiz mumkin.

Tashrif davomida direktorlar zamonaviy akademiya kanday bo'lishi kerakligi bo'yicha tushuncha oldilar. Bu erdagi saralash tizimi, murabbiylarning malakasini oshirish dasturi, infrastruktura jihatdan maydonlarni to'g'ri joylashinuvi kabi muhim masalalar o'rganildi. Shu tarika bugungi asosiy mavzu Oltino'rda bo'ldi.

Seit Mehmet Ozkan delegaciya rahbari Nodirxo'ja Yuldashev, O'FA bolalar o'smirlar bo'limi boshlig'i Mamur Saidqosimov boshchiligidagi akademiya direktorlariga o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Ularga master-klass ko'rsatib, barcha 10 yil davomida qilgan ishlari bilan o'rtoqlashdi. Mazkur akademiyani 2012 yilda quruq erga qurish boshlangan. 2022 yilga kelib mana shunday holatga keldi. 10 yil davomida Seit Mexmet Ozkan bu akademiya uchun davlatdan pul olmay, faqat o'zining shaxsiy pullaridan 23 million evro sarflagan.



Ertaga delegaciya 7 yil ichida Turkiyaning turli yoshdagi terma jamoalariga, xususan Turkiya milliy terma jamoasiga 54 nafar futbolchini tarbiyalab bergan Oltino'rdaning Izmirdagi ish uslubini o'rganadi va Yashilyurtdagi eng birinchi filialiga tashrif buyuradi.

26 noyabr kuni delegaciya vakillari Otabek Shukurov faoliyat olib borayotgan "Fatih Karagyumruk" akademiyasiga tashrif buyuradilar va shu kuni Turkiyaning U-19 ligasida ishtirok etadigan "Galatasaroy" jamoasining o'yiniga tashrif buyuradilar. Shu bilan bir qatorda akademiya direktori Orhan Atik bilan "Galatasaroy" strukturasi yaqindan o'rganiladi.

27 noyabr kuni rejaga ko'ra "Beshiktosh" akademiyasiga safar qilinadi. Shu kuni Turkiya bolalar ligasi tur uchrashuvlariga tashrif buyuriladi. Undan tashqari Istanbuldagi ommaviy futbol dasturi bilan yaqindan tanishilinadi.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

????????????????????????????????????
25 nov 2022
Xam sayoxat ham tijorat deganlaridek
Kardinal
25 nov 2022
Ун йилда 23 миллион евро. Бизда болалар футболига бунча пул тикадиган одам йук хисоби.
Palonchi Pustonchyev
25 nov 2022
ЗАТО бизада халигача нормалный " чим " топомаган " БУНЁДКОР " стадиони бор )))
Пахтакорим
25 nov 2022
Дам олгани боришибдиде а?
Жониk1985
25 nov 2022
Нима килиб Бир айланиб келадида мастер кллас учун