O'FF prezidenti Bekzod Mamatqulov: "FIFA futzalni Olimpiadaga kiritish ustida ishlamoqda"

Iskandarov Abdulaziz
14 feb 2025
Biroz oldin O'zbekiston futzalni rivojlantirishning 2025-2028 yillarga mo'ljallangan strategiyasiga bag'ishlangan matbuot anjumani va terma jamoalar murabbiylarini tanishtirish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda yangi tashkil etilgan O'zbekiston futzal federaciyasining prezidenti Bekzod Mamatqulov ham ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

"Mamlakat futzal bundan buyon qanday bo'ladi degan savol bor edi. O'shanda biz hozir tayyor emasligimizni, xalqaro tajriba, tizimlarni o'rganishimizni, ichkariga kirishimizni aytgandim. Oradan vaqt o'tdi. Bu vaqt ichida Latviya, Turkiya, Polsha kabi mamlakatlarda bo'ldim. Tizimlar bilan tanishdik. Qisqa vaqt ichida Braziliya, Ispaniya tajribalarini o'rgandik. Futzalning 3 yillik dasturini ishlab chiqdik. 

Avval "Turon Soliqchi", "Ro'zmat Madaminov" kabi jamoalar bo'lgan. Bularning zamirida futzalni yaxshi ko'radigan insonlar yotgan. Andijon, Samarqand, Xorazmda futzalni rivojlantirish bo'yicha katta salohiyatga egamiz. Bugungi kunda FIFAda futzalni Olimpiada o'yinlariga olib kirish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Biz ham bu yo'nalishda harakatni jadallashtirishimiz kerak. Futzal geografiyasini kengaytirishga harakat qilamiz. Chempionat formatiga kelsak, o'sha eski format qoladi.  Faqatgina vaqti o'zgaradi. Joyi o'zgaradi. Birinchi o'yinimiz 15:00, keyingisi 17:00, so'ng 19:00da boshlanadi. Har qanday klub tur o'tadigan vaqtda 1 kun dam oladi, 2 ta o'yin o'tkazadi. Klublarning 60 foizida maosh bermaydi. Birinchi o'rinda infratuzilmani qilib olishimiz kerak",- deydi Bekzod Mamatqulov.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

nodir sharipov
14 feb
FIFAning futzalni yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritishga urinishi gʻirt kulgili.Oʻzbekistonda ochigʻi futzal boʻyicha alohida federatsiya yoki assotsiatsiya tuzilishi ham shart emasdi.OʻFA hali ham futbolga va futzalga birdek eʼtibor qaratish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega nazarimda.
Рахимов 87
14 feb
Яхши буларди олимпиадага киритилса. Американи узи учун яратилган спорт турларидан кура футзал яхши ва қизиқроқ
антакия
14 feb
Менимча езги олимпиада уйинларига киритиш жудаям кийин иш, биринчидан киргизиладиган спорт турлари етарлича куп, иккинчидан киргизган такдирдаям Унда катта футболни отмен килиш мумкин, лучше футзални кишки олимпиада уйинларига киритган маькул, биринчидан киргизиладиган спорт турлари оз, иккинчидан футзал епик спорт аренада утказилади киш булгани билан, учинчидан кишки спорт уйинларига катнашмайдиган давлатлар футзалда катнашиш имкони булгани учун буни тулик куллаб кувватлайдилар