OFK Kubogi-2022. "Nasaf" yoki "So'g'diyona"ning ehtimoliy raqiblari malum. Guruh bosqichiga qura tashlandi

Tolibjon Qosimov
17 jan 2022
OFK 2022 yilgi mavsum OFK Kubogi guruh bosqichi uchun qura tashlash marosimini o'tkazdi.

OCHL-2022/2023. Guruh bosqichiga qura tashlandi

Bu yilgi OFK Kubogida O'zbekiston nomidan bitta klub ishtirok etadi. Agar Qarshining "Nasaf" klubi 15 mart sanasida BAAning "Baniyas" jamoasini mag'lub etsa, u holda "ajdarlar" OCHLda harakat qiladi. OFK Kubogida esa Jizzaxning "So'g'diyona"si to'p tepadi. "Nasaf" BAAda engilgan taqdirda o'zi OFK Kubogida ishtirok etadi.

"A" guruhi

"Al Ansar" (Livan)

"Al Siib" (Ummon)

"Jabla" (Suriya)

"Kuvayt SK" (Kuvayt)


"B" guruhi

"Al Riffa" (Bahrayn)

"Shabab al Halil" (Falastin)

"Dofar klub" (Ummon)

"Arabi SK" (Kuvayt)


"C" guruhi

"Tishrin" (Suriya)

"Nejman" (Livan)

"Ist Riffa" (Bahrayn)

"Hilol Alquds" (Falastin)


"D" guruhi

"Gokulam Kerala" (Hindiston)

"Bashundara Kings" (Bangladesh)

"Maziya Sports" (Maldiv)

Pley off g'olibi (Hindiston/Bangladesh/Maldiv/Nepal/Suriya/Butan)


"E" guruhi

"Nasaf" yoki "So'g'diyona" (O'zbekiston)

"Oltin Asr" (Turkmaniston)

CSKA (Tojikiston)

"Neftchi" (Qirg'iz Respublikasi)



"F" guruhi

"Xo'jand" (Tojikiston)

"Dordoi" (Qirg'iz Respublikasi)

"Kopetdag'" (Turkmaniston)


"G" guruhi

"Kaya FS" (Filippin)

"Bali Yunayted" (Hindiston)

"Kedah Dorul Aman" (Malayziya)

Pley off g'olibi (Kambodja/Laos)


"H" guruhi

"Kuala Lumpur Siti" (Malayziya)

"Shan Yunayted/Ayevadi Yunayted" (Myanma)

"Tampines Rovers" (Singapur)

"PSM Makassar" (Indoneziya)


"I" guruhi

"Viettel" (Vetnam)

"Xougang Yunayted" (Singapur)

"Pnom Pen Kraun" (Kambodja)

"Xantarvadi Yunayted" (Myanma)


"J" guruhi

"Istern Long Layons" (Gonkong)

"Mast" (Makao)

"Taynan Siti" (Xitoy Taypeyi)

Pley off g'olibi (Gonkong/Mo'g'uliston)


OFK Kubogi-2022 guruh bosqich o'yinlari 18 mayda boshlanib 30 iyunda tugaydi. 9-10 avgustdan mintaqalar bo'yicha yarim va finallar boshlanadi. OFK Kubogi-2022 finali esa shu yilning 22 oktyabrida bo'lib o'tadi.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Nasimov_13
17 jan 2022
Shu CHLga qatnashganga yarasha tarkibni zur qilib pul tikib Federatsiyasan qarz olib bulsa ham yarim finallargacha borish kk guruhda qoladigan bulsa vapshe bormaslik kk
Fudbol klub
17 jan 2022
Bu parazidlar kimlarni tarafdori telbalarcha qura tashlash desa ham bo'ladi ko'rishding Nasaf Hindiston jamoasini 5 1 mi 6:1 gami yutib tashayabdi uyalme ikki jamosini qo'shyabdi shu sovringa bir Olimpikni qarshi o'ynatish kerak agar olimpikkayam yutqazsa chempionatimizga ko'proq yo'llanma berisharmidi
Jek96
17 jan 2022
Hech jamaodan umid yoʻq bir tiyin hammasi
Aleix Santo
17 jan 2022
Ochig'i o'zim Qashqadaryolikman va Sug'diona jamoasini xalqaro maydonda o'ynashini xohlayman har xolda Ulug'bek Baqoyev shogirdlari o'tkan mavsum yaxshi o'ynadi . Sug'diona albatta favorit bo'ladi
Faqat Rosti
17 jan 2022
Sogdiyona balki bizda zordir lekin xalqaro tajriba yoq bu turnirda guruhdan chiqib u yogi qiyin nasaf ozi alamini olgani yaxshi menimcha