OFK obektivi nigohida: gollar va xursandchilik

Xayrulla Xoliqov
29 may 2020
Quyida osiyolik futbolchilar turli musobaqalarda gol urgan o'yinlardan fotosuratlarni keltirib o'tamiz.

Avstraliyalik Tim Keyxill JCH-2014da Gollandiya darvozasini ishg'ol qilgandi


Qatar terma jamoasi hujumchisi Almuaz Ali Osiyo Kubogi-2019 finalida "qaychi" usulida gol urishga muvaffaq bo'lgan


2016 yilgi ayollar o'rtasida U-20 jahon chempionati finalida KXDR hujumchisi francuzlarga gol urgan vaziyat


1966 yilgi jahon chempionati. KXDR termasi hujumchisi Pak Du Ik Italiya darvozasiga to'p kiritmoqda


1998 yilgi jahon chempionatida AQSHga gol urgan eronlik Hamid Estili va jamoadoshlarining xursandchiligi


Yaponiyalik Saki Kumagai 2011 yilgi ayollar o'rtasida jahon chempionatida penaltini bexato amalga oshirgan


1994 yilgi jahon chempionati. Belgiyalik himoyachilar Saudiya Arabistoni futbolchisi Said Ovayranni to'xtatib qolishga harakat qilishyapti


2002 yilgi jahon chempionatida An Chjun Xvan mana shu zarbasi bilan Italiyani uyiga ravona qilgandi


Osiyo Kubogi-2007 finalida iroqlik Yunis Mahmud gol urgan vaziyat


Vetnam hujumchisi Nguen Kuang Xai 2018 yilgi U-23 Osiyo chempionatida bir nechta gollar urgan


Xayrulla Xoliqov Maqola muallifi
Muqova: the-afc.com

Izohlar

Kankret bola
29 may 2020
bittasidayam bizaga taluqli rasm yo'q shunisi alam qiladi o'zimizani bo'magan narsala bn aldimiza lekin xaqiqiat ko'z bn qaralsa biza maqtanadigan narsani o'zi yo'q yani -0