OFK so'rov o'tkazdi. Kutilganidek Eron klubi g'olib chiqdi

Xayrulla Xoliqov
2 jan 2020
OFK sayti tez-tez muxlislar o'rtasida turli so'rovlar o'tkazib keladi.

Mana shunday so'rovnomalardan biri Osiyoning eng eng mashhur klubini aniqlash haqida bo'ldi va bunda kutilganidek Eron klubi birinchi o'rinni egalladi. Bu tushunarli, chunki eronliklar OFK o'tkazadigan so'rovlarda juda faol ekanligini hammamiz bilamiz. Agar Tehronning ikki buyuk klubidan biri "Istiqlol" yoki "Persepolis" eng mashhur klub deb topilganida ham etiroz unchalik bo'lmasdi, ammo chempionlikka ko'p ham davogarlik qilmaydigan o'rtamiyona "Traktorsozi"ning g'olib bo'lishi juda g'alati ko'rinadi. 

So'rovda ishtirok etgan klublar orasida "Traktorsozi" 51,14 foiz ovoz bilan birinchi bo'ldi va bu jamoa uchun 1,468,693 muxlis ovoz bergan. Sharq mintaqasida eng mashhur deb Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubi topildi. Lekin bu jamoa ham na milliy chempionat, na Osiyo chempionlar ligasida nimanidir qoyillatganini eslash qiyin. 

Bunday olib qarasa, so'rovnomadagi klublarni ko'rib hayratdan yoqa ushlaysan. Osiyoning eng mashhur klubi deganda biz "Al Hilol", "Al Ittihod", "Al Ayn", "Gungju Evergrand", "Urava Reds" kabi nomlarni aytishga o'rganib qolganmiz. Lekin muxlislar nazdida mashhur jamoalar "Al Vihdat", "Johor Darul Tazim", "Persiya Jakarta" kabilar ekan.


Xayrulla Xoliqov Maqola muallifi
Muqova: the-afc.com

Izohlar

Лочин 2020
2 jan 2020
Суровномада НАВБАХОР футзплчиси биринчи уринни олган эди лекин якунида ПАХТАКОРфутзалчисиги голиблик берилди , бу галати эмасми сизнингча, пахтакор фан клубига биринчи уринни берилди нимани койиллатиб куйган эди бу галати эмасми. Хеч каерда ёзмадингларку галати туюлди деб. Кимлардир хохлаганки ТРАКТОРСОЗИЯМ биринчи уринни олди. Аввал узимизни тугирлайликда кейин бошкаларникига осилайлик жаноби журналистлар
aral2019
4 jan 2021
пахтакор йукми узб да хакамлар жамоаси деган
Asliddin Qarshi Nasaf
2 jan 2020
Markaziy Osiyoning eng mashhur klubi bu Nasaf
Temurkhan
2 jan 2020
Бу суровниям GlobScored ўтказганга ўхшайди.
Buyuk millat
2 jan 2020
Bizdeyam bosa Navbahor birinchi o'rinni oladi, huddi Traktorzosidek
G‘alaba
2 jan 2020
Muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilsa (shu saytda so'rovnoma o'tkazishni tavsiya etaman) Osiyoda Eron klublari O'zbekistonda Navbahor klubi go'lib chiqadi
G‘alaba
2 jan 2020
Muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilsa (shu saytda so'rovnoma o'tkazishni tavsiya etaman) Osiyoda Eron klublari O'zbekistonda Navbahor klubi go'lib chiqadi
CH E L S E A
2 jan 2020
Demak bir tiyinga qimmat reyting ekan...
FC_Pakhtakor
2 jan 2020
Бу олдиндан малум эдику эрони энг паски уриндаги жамоаси хам 1 урини ола олади.
Никрэ Тнега
2 jan 2020
зато эплашибди. Сенларам қӯлингдан кеса эплаш: интернет сифатини, нархини рисоладагидек қибқӯй. Кейин ӯзини ташвиши билан юрган оддий юртдошларимизга "паткахоq учун овоз беринг" деб кӯр, "Пашӯлнакуй паткахоqингаям сени" деб сӯкинмаса агар.
Ko'proq ko'rsatish