OFK Suriyaga 20 ming AQSH dollari miqdorida jarima soldi

Narzulla Saydullayev
8 avg 2013
Suriya milliy terma jamoasi jahon chempionati saralash bahslarida O'zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan o'rin olgandi.
Lekin bu jamoa safida Tojikistonga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushishga haqli bo'lmagan futbolchi (Jorj Murod) harakat qilgani sababli OFK Suriyaga texnik mag'lubiyat yozgandi.

Eng qizig'i, bu holat haligacha davom etmoqda ekan. Bir necha kun avval OFK intizom qo'mitasi Suriya Futbol Associaciasiga 20 ming AQSH dollari miqdorida jarima soldi. Buning sababi Suriya terma jamoasi safida o'ynashi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga bunga haqli bo'lmagan o'yinchilar kiritilgan. Yana bir bor shunday holat yuzaga kelgan taqdirda jazo choralari keskinroq bo'lishi takidlangan.

Qizig'i, Jorj Murod bu yil Sherzod Karimov bilan birga Xitoyning "Cindao Jonun" klubida o'ynadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia