Og'ir jarohat olgan Loftus-Chikka operaciya kerak bo'ladi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026
"Milan" futbolchisi Ruben Loftus-Chikning "Parma"ga qarshi o'tgan o'yinda olgan jarohati ancha jiddiy ekani ma'lum bo'ldi.

U jarima maydoni ichida darvozabon bilan to'qnashuvdan keyin o'yinning 10-daqiqasidayoq maydonni tark etgandi.

Zarba bosh qismiga to'g'ri kelgan va o'yinchining bir nechta tishlari sinib tushgan, shuningdek, hatto yonoq suyagida yoriq ham paydo bo'lgan. Dastlabki tekshiruvga ko'ra, unga jarrohlik aralashuvi talab etiladi. Hozircha futbolchining qachon safga qaytishi haqida gapirishga erta.

Eslatib o'tamiz, "Milan" joriy mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini (0:1) qabul qilib oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com