Okafor "Milan" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi

Omonjon To`xtamirzayev
22 iyul 2023
"Red Bull Zalcburg" va Shveytsariya hujumchisi Noa Okafor kecha Milan shahriga yetib kelgan.

Bugun 23 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va "rossoneri" bilan 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Shveytsariyalikning maoshi 2 million evro bo'ladi. Transfer summasi esa 14 million evro.

Eslatib o'tamiz, kecha "Milan" "Zalcburg" hujumchisini sotib olishi haqida xabar bergandik.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sportmediaset.mediaset.it