OKMK – "Al Sib" uchrashuvini suriyalik hakam boshqarib boradi

Sherzod Nurmatov
8 aug 2023
Joriy mavsum O'zbekistonning 4 ta klubi OFK Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

15 avgust kuni OKMK Chempionlar Ligasining saralashida O'monning "Al Sib" klubini qabul qiladi. Bellashuvda suriyalik Hanna Hattab boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi. 

Hanna Hattab ishtirokidagi xalqaro o'yinlarda klublarimiz hozirgacha mag'lub bo'lmagan. O'tgan mavsum uning boshqaruvida "Nasaf" Qatarning "Al Sadd" klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynagandi. 2021 yilda esa qarshiliklar Hattab ishlagan bellashuvda Hindistonning "Mohun Bagan" klubi darvozasiga javobsiz 6 ta gol urishning uddasidan chiqqan. Shuningdek, 2020 yil "Paxtakor" mazkur hakam ishlagan bellashuvda Eronning "Shahr Xodro" klubini taslim qilgan - 1:0.

OFK Chempionlar Ligasi-2023/24 

15 avgust, 20:00 

OKMK (O'zbekiston) –  "Al Sib" (O'mon) 

Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)

Yordamchi hakamlar: Ali Ahmad, Muhammad Kazzaz (ikkalasi Suriya)

Zaxira hakami: Feras Tavil (Suriya)

Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Safiri (Eron) 

Komissar: Ayman Mohammad Saud Harun (Iordaniya)

Mahalliy media oficer: Akmal Rahmatov 

Mahalliy bosh koordinator: Zoxirjon Akramxonov


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: pfl.uz

Izohlar

ZOKIRJON MAXMUDOV
8 aug 2023
Омад тилаймиз.
Jonni
8 aug 2023
Assalomu alaykum azizlar.xamma 4ta jamoa muxluslariyu butun o'zbekistondagi futbol muxlislari bu yil o'zbek klublari uchun oxirgi mavsum.kelasi mavsumdan ochl formati o'zgaradi va katta ehtimol bilan ko'pi bilan 1ta klub o'ynaydi kelasi yildan o'zb nomidan.bu yil jamoalamiz xarakati ya'ni ishlab bergan ochkolari xisobiga nimadur o'zgarishi mumkin.shuning uchun jamolarizni qo'llab qoliylay ochlda.kelasi yildan faqat 1ta ya'ni chempion jamoa qatnashadi.bu degani coca-cola ligagayam ta'sir qiladi intriga o'ladi.nasaf okmkaga o'xshagan jamoalar chempion bo'lolmasligini bilib kubokni olishni maqsad qilardi va ochlda qatnashardi saralash yoki guruh o'yinlarida.kelasi yildan kubok egasi bo'lish xech nimani xal qilmaydi chempionlik esa kimga nasib bo'lishini ko'pchilik biladi.shaxsan man 1ta yo'llanma berilganda paxtakor qolib navbahor nasaf neftchi yoki agmkani chempion bo'lib ochlda o'ynashini aqlimga sig'dirolmayman to'g'risi.shuning uchun bu yilgi ochl uy o'yinlarida stadionlarni to'ldirib qo'llab-quvvatlashlarizni so'rab qolaman.
@Navbahor- Xurshidbek@
8 aug 2023
Омад тилаймиз Узб клубларига
Rustam O'tkirov
8 aug 2023
Chempionlar ligasida omad, gruppovoy etapga eson omon chiqvolila
Usmonov Umid
8 aug 2023
Барча кулибларимиз гурухда уйнаб кенги боскичга чикиш насиб килсин.