OKMK BAAdan qaytdi

Sherzod Nurmatov
5 feb 2024
OKMK joriy yilning ilk xorij yig'inida Birlashgan Arab Amirligida 20 yanvardan 3 fevralgacha o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi.

"Ushbu 14 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, 3 fevral kuni qaytgan jamoamizga uch kunlik qisqa tatil berildi.

Shundan so'ng OKMK futbol jamoasi 7 fevral kuni erta tongdan Antaliya yig'iniga jo'nab ketadi.

Ikki hafta (7 fevral – 21 fevral) davomida Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga qizg'in taraddud ko'radigan OKMK yig'in doirasida bir nechta nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo'lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil malumot beriladi", – deyiladi olmaliqliklar xabarida.

OKMK BAA yig'inida "Baniyas" (BAA) bilan 1:3, "Chonbuk" (Koreya) jamoasiga 0:1 hisobida yutqazgan bo'lsa, "Xatta" (BAA) bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: ОКМК матбуот хизмати

Izohlar

Фк Аsaka
5 feb 2024
Ооо роса кутгандик
Chilonzor.uz
5 feb 2024
Xalqni pulidan yeb uyalmidim undan kora Zominga borsin Qozoqiston ga borsin aynan duabay antaliya Gavayaga ham borsin
Farrux saydazimov
5 feb 2024
9cida ucib ketiw keregidi
ZAFAR XOLIQOV
5 feb 2024
Илгари 1-2 жамоамиз хорижда йиғин ўтказишарди,ҳозир 1-2 та жамоамиздан ташқари барча жамоалар хорижда.Футболимиз ривожланаяптими ёки туризмми.
UFA bu UFA
5 feb 2024
Bizani klublaga mazade rezultat koʻrsatmasayam mazza qilib chet ellada dam olib kelishadi. Xalq puli bir kun teshib chiqadi