OKMK jamoasi yig'in o'tkazish uchun 24 futbolchi bilan xorijga jo'nab ketdi

Narzulla Saydullayev
6 jul 2024
Joriy mavsumning ikkinchi davrasiga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida OKMK jamoasi yozgi xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inini Belarus davlatida o'tkazadi.

Ikki hafta (6 iyul - 20 iyul) davomida Belarusda mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'radigan OKMK yig'in doirasida uchta nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo'lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil malumot beriladi.

OKMK jamoasining Belarus yig'iniga yo'l olgan to'liq tarkib ro'yxati quyidagicha:


Murabbiylar shtabi
Bosh murabbiy:
Mirjalol Qosimov
Katta murabbiy: Aleksandr Volkov
Yordamchi murabbiy: Hikmat Ergashev
Fitness murabbiy: Xayrulla Karimov
Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Marat Ahmerov
Murabbiy: Davron Fayziev
Darvozabonlar murabbiyi: Murodjon Zuhurov
Jamoa mamurlari: Ruslan Shaymardanov / Sherzod Yunusov
Shifokor: Islam Abaev
Massajchilar: Abdulla Rizboev / Nurbek Jo'raev
Operator: Sherzod Boyirov

Futbolchilar
Darvozabonlar:
Valijon Rahimov, Dilshod Yoqubov, Javohir Ilyosov

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev, Sardor Rahmonov, Dilshodbek Ahmadaliev, Avazbek O'lmasaliev, Akramjon Komilov, Saidafzalxon Ahrorov, Eldorbek Begimov

Yarim himoyachilar: Xurshid G'iyosov, Mirjamol Qosimov, Baxtiyorjon Qosimov, Oybek Rustamov, Azizbek Bahromov, Nodirbek Abdurazzoqov, Murod Ermatov, Shohruh Gadoev, Arihiro Sentoku, Giorgi Papava, Irakli Ruhadze.

Hujumchilar: Ali Abdurahmonov, Aziz Xolmurodov, Ruben Sanches.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: ОКМК матбуот хизмати

Izohlar

Донийор Кадиров
6 jul 2024
Яхши дам олиб келилар
Mister Sultan
6 jul 2024
ОКМК футбол жамоаси 1-даврани жуда яхши ўтказди. Очиғи ёшартирилган таркиб билан мавсумнинг биринчи қисмини 2-ўринда яккнлаш жуда яхши натижа бўлди. Хурматли Миржалол ака, ОКМК футболчилари ва жамоа аъзолари Сизлар бундан-да яхши натижа қайд эта олишга қодирсизлар. Чемпионликни кутамиз! Омад, дуодамиз Сизлар учун!
Uz paxtakor Uz
6 jul 2024
ОГМКа ёшлар билан яхши тасурот колдирди. Миржалол косимовди мехнати
Qodirjon Jalilov
6 jul 2024
Стадионга ташриф буйича томошабинлар мурабийи йукми
Жахонгир-9
6 jul 2024
Ш.Гадоевни Жамоага кайтиши.ОКМК ўйинини кучайтиради.