Mixael Klepach 1997 yil 19 sentyabr sanasida Xorvatiyaning Nashise shahrida tug'ilgan. OKMK va futbolchi o'rtasida yarim yillik, yani shu yil oxirigacha shartnoma imzolandi.
27 yoshli futbolchi o'ng va chap qanot yarim himoyasida va hujumchi ortida harakatlanadi. "Konchilar"ning navbatdagi yangi legioneri faoliyati davomida "Osiek", "Zeleznichar", "Varazdin", "Yverdon", "Rudesh", "NK Dugopole", "Alyuminiy" va "Mura" jamoalarida to'p tepgan.
Uning so'nggi jamoasi Shveycariya oliy ligasining "Yverdon" klubi edi. Futbolchi ushbu klublarda jami 184 marta maydonga tushib, raqib darvozalariga 33 bor yo'l topa olgan va 15 bor golli uzatmani amalga oshirgan.
Izohlar