Oksleyd-Chemberlen "Beshiktosh"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
8 avg 2023
"Liverpul" lagerini tark etib, erkin agentga aylangan xavbek Aleks Oksleyd-Chemberlen Turkiyada ish topishga yaqin turibdi.

29 yoshli yarim himoyachida faoliyatini "Beshiktosh"da davom ettirish imkoniyati bor. "Sky Sports" xabariga ko'ra, ingliz futbolchisi muzokaralar uchun Istanbulga borishi kerak, agar ular muvaffaqiyatli bo'lsa, u darhol jamoa bilan mehnat shartnomasi imzolaydi.

Oksleyd-Chemberlenning o'zi faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishga qarshi emas.

Futbolchi o'tgan mavsum APLda 9 ta o'yinda 1 ta gol urgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports