Oleg Zoteev O'zbekiston Superkubogini ketma-ket ikkinchi marta qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2015
Kecha O'zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
"Lokomotiv" o'z hamshahrini 4:0 hisobida taslim qildi. "Temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Oleg Zoteev o'z faoliyatidagi ikkinchi Superkubokni qo'lga kiritdi. O'tgan yil "Bunyodkor"da o'ynab ushbu sovrinni yutgan Oleg bu safar "Loko" safida Superkubokka sazovor bo'ldi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia