O'limidan keyin ham sevimli jamoasi o'yinlarini o'tkazib yubormagan muxlis

Aslanov Jasurbek
4 jun 2019
"Valensiya"ning uy stadioni hisoblanmish "Mestalya" tribunasiga haykal o'rnatilgan.

Visente Aparisio bir umr "Valensiya"ga muxlislik qilgan va jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiqarilgan mavsumiy abonement egasi edi. Visente 60 yoshdan oshganda ko'zlari ko'rmay qolgan va sevimli klubining o'yinlarini boshqa tomosha qila olmadi. Ammo u har yili mavsumiy abonement sotib olib, jamoa uchrashuvlari tashrif buyurdi va atmosferadan rohat oldi.

Ikki yil oldin Visente hayotdan ko'z yumdi. "Valensiya" vafodor muxlisi xotirasiga haykal o'rnatdi. Visentening haykalini ko'rmoqchi bo'lsangiz, "Mestalya"ga tashrif buyuring, shunda u doimo o'tiradigan joyni ham bilib olasiz.

Visente Aparisio o'limidan keyin ham "Valensiya"ning uy uchrashuvlarini o'tkazib yubormadi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: sports.ru

Izohlar

Абдугофур1984
4 jun 2019
Бизда хам дуппили очкили амаки борла уша лага хам куйса булади
King World
4 jun 2019
TASANNOOOO!!!
Searcher Man
4 jun 2019
Бизда мухлисларни "хурмати"дан Б А Б А ЯН ни кайтариб келишди...
Mavlonbek
4 jun 2019
Shunchaki qoyil
OMONOV ⚽
4 jun 2019
Mana hurmat futbolchilar uyoqda tursin muxlislariga shunchali etibor qaratilgandan keyin albatta ularda emas bizda futbol yuksalishi kerakmi.