Oliver Kan: "Alabaning agenti haqiqatdan juda yiroqda"

Alisher
16 mar 2021
"Bavariya" kengashi a'zosi Oliver Kan David Alabaning klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgani borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, himoyachi moliyaviy shartlar sabab yangi shartnoma borasida kelisha olmadi va yozda erkin agent maqomida klubdan ketadi.

"Hafsalam pir bo'lgan, ammo Alabaning agenti haqiqatdan juda yiroqda. Afsus. Bizga Alaba juda ham yoqadi, bu ajoyib inson va doim biz bilan ochiq bo'lgan. Biz uning qolishiga harakat qildik, ammo kelishuvga erisha olmadik", - deydi Kan.

Alaba joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Kicker