Onana bu ko'rsatkich bo'yicha Premer-Liganing eng yaxshi darvozabonlaridan biri

Omonjon To`xtamirzayev
10 apr 2025
"Manchester Yunayted" kiperi Andre Onana ehtimoliy gollarni qaytarish bo'yicha APLning eng yaxshi darvozaboni.

Ikki mavsum davomida "qizil iblislar" golkiperi APL doirasidagi o'yinlarda 104,5 ta gol o'tkazib yuborishi kerak edi, lekin u 97 ta gol o'tkazib yubordi. Bunday ko'rsatkich "Opta Sports"ning ehtimoliy gollar bo'yicha modelidan kelib chiqdi.

Angliya chempionatida bu borada faqatgina "Everton" darvozaboni Jordan Pikford yaxshiroq ko'rsatkich bilan maqtana oladi: u ehtimoliy 8,7 golni oldini olishga muvaffaq bo'ldi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: Opta

Izohlar

Muhammadali Sirojiddinov
10 apr
Dexeani uvoli tutyati myuni norm oʻyinchi qolmadi amad garnacho delig san tawqari