Onda Cero radiosi 2018 yilgi "Oltin to'p" kimga berilishini ma'lum qildi

Narzulla Saydullayev
28 noya 2018
"Real" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich 2018 yilgi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi.

Bu haqda Onda Cero radiosi xabar berdi. 3 dekabr kuni aynan Modrichga "Oltin to'p" topshiriladi.

Ovoz berishda ikkinchi o'rinda Krishtianu Ronaldu, uchinchi o'rinda Antuan Grizmann joylashgani aytilmoqda. Oldinroq ovozlarning yarmi hisoblab chiqilganidan so'ng kuchli uchlikka Modrich, Mbappe hamda Varan kirgani haqida xabarlar chiqqandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Onda Cero