QPL. "Turon" mehmonda "Ordabasi"ga mag'lub bo'ldi, mehmonlar safida to'rt o'zbekistonlik harakat qildi

Alisher Ostonov
27 apr 2025
Qozog'iston Premer-ligasi 6-tur doirasidagi "Ordabasi" - "Turon" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs taqdirini 44-daqiqada Everton tomonidan kiritilgan to'p hal qildi. Qayd etish kerakki, "Turon" o'yinchisi Abilayxan Jumabek 41-daqiqada penaltidan foydala olmadi.

"Turon" safida hamyurtlarimizdan Odilbek Abdumajidov, Xurshid Muxtorov (87-daqiqada almashtirildi) va Behruz Asqarov (90-daqiqada ogohlantirildi) o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Jarohatidan tiklangan Shahboz Umarov esa 68-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia