O'rtoqlik bahsi. "Nasaf" Norchaevning dubli evaziga Rossiya klubidan ustun keldi

Sherzod Nurmatov
8 feb 2022
Yangi mavsumga Turkiyada taraddud ko'rayotgan "Nasaf" Rossiyaning "Volgar" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida qatnashdi.

Birinchi taymda Husniddin Aliqulov penaltidan unumli foydalana olmadi. Ikkinchi taymning 57-daqiqasida esa rossiyaliklar Mark Polushinning goli evaziga hisobni ochishdi. 

Shundan so'ng "Nasaf" murabbiylar shtabi bir nechta o'zgarishlarga qo'l urdi va bu samara keltirdi. Husayn Norchaev raqiblar darvozasiga 2 ta to'p kiritib, irodali g'alabani taminladi.  

"Nasaf" – "Volgar" 2:1 

Gol urilmagan penalti: Husniddin Aliqulov (darvozabon)

Gollar: Husayn Norchaev (2 ta) – Mark Polushin

"Nasaf": Azamat Soyibov (Abduvohid Nematov), Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, Asliddin Tursunpo'latov (Umar Eshmurodov), Bahrom Abdurahimov, Murodbek Rahmatov, Suhrob Nurulloev, Sardor Sadullaev (Ivan Solovyov), Zafarmurod Abdurahmatov, Shahzod Akramov (Sherzod Nasrullaev), Aziz Xolmurodov (Husayn Norchaev)

"Volgar": Dmitriy Saganovich, Maksim Tyulin, Nikita Pechenkin, Elisey Krivoxijin, Aleksey Baev, Viktor Demyanov, Aleksey Pavlishin, Aleksandr Butenko, Mark Polushin, Dmitriy Lesnikov, Artyom Simonyan


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Абдухалил Мирзахолов
8 feb 2022
OMAD NASAFGA .lichinlar nomidan
Oyatulloxon
8 feb 2022
Nasaf yana istedodlar kashf qilishda davom etyapti qoyil!!!
Марфуша, Ғам-ғуссага не ҳожат)
8 feb 2022
Шу бола ўсадиган болада)
Ravshan Nabiyev
8 feb 2022
Davay Nasaf bu chempionlik bizga zaruz bitta shu ulgur chempionlik qoldi .Tepadagilar etar endi poraxurlik 2022 yelda toza ishlab bir bundo uzbek futbolida uz xissalarizni qushila narigi dunyoda qanday Javob berasizlar.Etar endi bazibir jamoalarini qulog'idan sudrashni bas qililar.
Nasaf n_1
8 feb 2022
O'yindan o'yinga usyapdi Nasaf 0:1 1:1 2:1