O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" "Rostov"ga mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 fev 2025
"Dinamo" jamoasi Dubaydagi to'rtinchi o'rtoqlik o'yinida "Rostov" klubiga qarshi maydonga tushdi.

Bahsni hujumkor boshlagan "Dinamo" Hislat Halilov jarima maydoni ichida yiqitilgach, penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Marko Stanoevich goli bilan hisobni ochdi – 1:0.

Qiziqarli o'tgan uchrashuvda Valeriy Karpin murabbiyligidagi Rossiya klubi vaziyatni o'zgartira oldi va Golenkovning uch goli evaziga yakunda g'alabaga erishdi – 3:1.

"Dinamo" bir kun avval "Astana" bilan o'yin (2:2) o'tkazgani sababli bugungi bahsda ham Vadim Abramov bir qator o'yinchilarga imkoniyat berdi. 

O'rtoqlik uchrashuvi. 21 fevral.
"Dinamo" - "Rostov" - 1:3
Gollar:
Stanoevich 3 pen. – Egor Golenkov 22, 30, 71. 
"Rostov": Odoevskiy, Melexin (Vaxaniya, 46), Poyarkov, Babkin, Radchenko, Kuchaev, Bayramyan, Koltakov, Aznaurov, Cheburakov, Golenkov.
"Dinamo": Yagudin, O'rozov, Jumaboev, Abdullaev, A'loxo'jaev, Qodirqulov, Ratino, Stanoevich, Xalilov, Hojimirzaev, Abdurahmonov.
Zaxiradan tushganlar: Abdurasulov, Mustafoev, Maykon, O'rmonjonov, Oqbo'taev, Obloqulov, Mirahmadov, Ibragimov


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати