"Orzum - "Real"ni boshqarish". Erik Shel Madrid tarixiga kirmoqchi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2026
Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Erik Shel o'z kelajagi borasidagi kutilmagan rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Malilik mutaxassis jahonning eng grand klubida ishlash ishtiyoqida ekanligini yashirib o'tirmadi.

Shel nima dedi?

"Mening eng katta orzum - Madridning "Real" klubi tarixidagi ilk afrikalik bosh murabbiy bo'lish", - dedi Shel "The Touchline" nashriga bergan intervyusida.

Hozirda Tunis, Angola va Gabon kabi terma jamoalardan qiziqishlar bo'layotganiga qaramay, 48 yoshli murabbiy bor e'tiborini Nigeriya terma jamoasi bilan JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritishga qaratganini ta'kidladi.

Madridda esa Arbeloa davri: Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso ketganidan so'ng, 2026 yilning 12 yanvarida Alvaro Arbeloa "qirollik klubi" boshqaruviga kelgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Turnir jadvalidagi holat: La Liganing 23-turidan so'ng Madrid klubi 57 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Barselona" bilan oradagi farq atigi 1 ochkoni tashkil etadi.

Nima deb o'ylaysiz, qachondir afrikalik mutaxassisni "Real" zaxira o'rindig'ida ko'rishimiz mumkinmi?


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Touchline