Osimxen Nigeriya terma jamoasi safida jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2023
Viktor Osimxen jarohat oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Nigeriya - Saudiya Arabistoni (2:2) bahsida jarohat olgan forvard "Napoli"ga qaytib, chuqurlashtirilgan ko'rikdan o'tadi.

Hujumchi 4-6 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin, aniq muddat yaqin kunlarda ma'lum bo'ladi. U 29 oktyabr kuni "Milan" bilan bahsda maydonga tushmaydi.

Osimxen joriy mavsum A Seriyaning 8ta bahsida maydonga tushib, 6ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia