Osiyo jamoalari FIFA kunlarida kimlar bilan o'ynaydi?

Xayrulla Xoliqov
21 sep 2022
Malumki, 19-27 sentyabr xalqaro taqvimda FIFA kunlari sifatida belgilangan.

Bu oraliqda aksariyat terma jamoalar o'rtoqlik uchrashuvlari bilan mashg'ul bo'ladi. Xususan O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida 23 sentyabr kuni Kamerun va 27 sentyabrda Kosta Rika terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yinlar Janubiy Koreyada bo'lib o'tadi. Har ikki raqibimiz JCH-2022 ishtirokchisi ekanini inobatga olsak, bahslar qiziq kechishi kutilmoqda.

Xo'sh, Osiyoning boshqa jamoalari bu payt kimlar bilan o'ynaydi? Quyida jahon chempionatida o'ynaydigan 6ta terma jamoaning sentyabr taqvimiga etibor qaratamiz. Malumki, JCH-2002da qitamiz sharafini mezbon Qatardan tashqari Avstraliya, Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni himoya qiladi.


AVSTRALIYA

Grem Arnold boshchiligidagi Avstraliya terma jamoasi bu oyda ikkita o'yin o'tkazadi va har ikkala bahs Yangi Zelandiya terma jamoasi bilan kechadi. Birinchi o'yin Brisben shahridagi markaziy stadionda bo'lib o'tsa, ikkinchi uchrashuv Oklendda tashkil etiladi.

22 sentyabr. Avstraliya - Yangi Zelandiya

25 sentyabr. Avstraliya - Yangi Zelandiya


ERON

JCHga puxta tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan Eron ayni payt Avstriyada mashg'ulot olib boryapti. Yana terma jamoa boshqaruviga qaytgan Karlush Keyrush ikkita kuchli jamoaga qarshi o'yin orqali shogirdlarini sinovdan o'tkazib oladi. Forslar Urugvay va Senegalga qarshi maydonga tushishadi. 

23 sentyabr. Eron - Urugvay

27 sentyabr. Eron - Senegal


YAPONIYA

Yaponiya terma jamoasi ustozi Xajime Moriyasu sentyabr yig'iniga 30 nafar futbolchini taklif etdi. "Samuraylar" JCH-2022 oldidan AQSH va Ekvador bilan kuch sinab ko'rishadi.

23 sentyabr. Yaponiya - AQSH

27 sentyabr. Yaponiya - Ekvador


JANUBIY KOREYA

Janubiy Koreya har ikkala o'rtoqlik uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi. O'z tarixida ketma-ket 10-marta jahon chempionatida qatnashadigan koreyaliklar mundial oldidan Kosta Rika va Kamerun bilan bellashib ko'rishadi.

23 sentyabr. Janubiy Koreya - Kosta Rika

27 sentyabr. Janubiy Koreya - Kamerun


SAUDIYA ARABISTONI

Ispaniyada yig'in olib borayotgan Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi xuddi Yaponiya singari bu oyda Ekvador va AQSH bilan o'ynaydi.

23 sentyabr. Saudiya Arabistoni - Ekvador

27 sentyabr. Saudiya Arabistoni - AQSH


QATAR

Qatar imkon bo'ldi deguncha faqat kuchlilar bilan o'ynayapti. Bu esa mundial payti foyda bersa ajab emas. Avstriyada mashg'ulot olib borayotgan qatarliklar paytdan foydalanib Kanada va Chiliga qarshi maydonga tushishadi.

23 sentyabr. Qatar - Kanada

27 sentyabr. Qatar - Chili


Xayrulla Xoliqov Maqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Футбол одами
21 sep 2022
Тв дан кўрсатиладими?
Сухандиёр Эсанов
22 sep 2022
Бизга карши Камерун ва Коста Рикани 2-жамоаси уйнайдими. Уша куни улар Корея билан хам уйнашарканку
bahodir__98
21 sep 2022
Terma jamoamizni haqiqiy kucini endi kamerun va kosta rika ga qarshi oyonda koramz
Хакикатгуй
21 sep 2022
Биринчи марта осие жамоалари билан бизни ракибларимизни куриб гурурланса булади. Булар экану
Nazarov Sodiq
21 sep 2022
Катанец Ўзбекистон ТЖ си бош мураббийи сифатида биринчи марта жиддий рақибларга қарши ўйин ўтказади