Osiyolik futbolchi La Liga klubiga o'tdi

Alisher
16 sep 2020
"Nyukasl" va Yaponiya terma jamoasi forvardi Esinori Muto faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi.

28 yoshli o'yinchi "Eybar"ga Ispaniya chempionatining joriy mavsum so'nggiga qadar ijaraga berildi.

Muto "Nyukasl"ga 2018 yilda "Maync"dan o'tgandi. Yaponiyalik o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgandi.

Futbolchi Yaponiya terma jamoasida 2014 yildan beri o'ynaydi va bu vaqt davomida 29ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: twitter.com/SDEibar

Izohlar

Sardorbek...Real Madrid
16 sep 2020
Bizni shovvozlar qachon o'ynarkin La ligada
Aspire
16 sep 2020
Shu bollari transfer summasi 4 yo 3 mln evro bosa kere. Ozgina oynab ozini korsatib kuchli jamolarga katta pullarga ketadi. Besh qolli oğziga Tqimasa birdaniga hammasi yaxshi bôladi.
Abdusalom Mirzayev
16 sep 2020
Бизани футболчиларга соққа ишлаб, мошина, ҳовли, 1-2 дўкон қилса бўлдида, қолганини кайф қилиб юради