Ouen Xargrivz: "Marsyal – "Ferrari"

Mirjalol Normatov
16 avg 2020
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ouen Xargrivz jamoa forvardi Antoni Marsyal haqida gapirib o'tdi.

Xargrivz fransiyalik futbolchining "Kopengagen"ga qarshi o'yindagi xatti-harakatlarini baholab o'tdi.

"Marsyal haqida barchaning o'z fikri bor. U "Ferrari".

Antoni 100 million funtlik futbolchi kabi harakat qiladi", - dedi Xargrivz "BT Sport" nashriga.

Marsyal ushbu mavsumda mankunianliklar tarkibida 32 o'yinda 17 gol va 7 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BT Sport