O'zbekiston MTJ. Eldor Shomurodov Toshkentga kelmaydi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2021
O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyi boshida Iordaniyada yig'in o'tkazadi.

Ushbu yig'inga "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov ham chaqiruv olgan. Biroq futbolchi Toshkentga uchib kelmaydi va Italiyadan Istanbul orqali Iordaniyaga uchib boradi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabr kuni Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.  

Oldinroq oktyabr oyidagi yig'inga "Paxtakor"dan besh futbolchi, "Lokomotiv"dan bir futbolchi  chaqirilgani haqida xabar bergandik. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia