O'zbekiston MTJ mashg'ulotlarni boshladi GALEREYA

Tolibjon Qosimov
2 nov 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun mashg'ulotlarni boshladi.

Terma jamoamiz Vadim Abramov boshchiligida bugungi mashg'ulotni "Jar" stadionining zaxira maydonida o'tkazdi. Mashg'ulotda mahalliy o'yinchilardan Muzaffar Muzaffarov ishtirok etmadi, bugun kunduz kuni xabar berganimiz Sardor Mirzaev aynan Muzaffarovning o'rniga chaqirilgan. Legionerlardan esa hozircha Odil Ahmedov hamda Sanjar Shoahmedovlar birinchi kundanoq mashg'ulotlarga qo'shilishdi.

O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Bu yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju”, Janubiy Koreya), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Xojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Akbar Ismatullaev ("Metallurg"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912").

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Ikrom Aliboev (“Seul FK”, Janubiy Koreya), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu”, Malayziya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Abror Ismoilov ("Surxon"), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv"), Sardor Mirzaev ("Lokomotiv"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor").

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Xorfakkan”, BAA), Humoyun Murtozaev ("Nasaf").



O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

пан Клякса
3 nov 2019
Одил яхши иш қимаяпти. Ёшларни уриб эмас гап билан тушунтириш керак.
Солиев Дилшод
4 nov 2019
Бос Лутфи бизи ЖЧ га узинг опчикасан
Messi2406
2 nov 2019
Boshlanadi Lutfulla keremasidi deyishlar
best_@@@
2 nov 2019
Murod Xolmuxammedov zor uyinchi yaxshi qilibsiz Vadim Karlenovich Jasur Xasanovnixam olinsa manimcha foydasi tegadi
best_@@@
2 nov 2019
Murod Xolmuxammedov zor uyinchi yaxshi qilibsiz Vadim Karlenovich Jasur Xasanovnixam olinsa manimcha foydasi tegadi
sharipov odil
2 nov 2019
Рефери тайм кўринглар 18.45 да.
Buxorogi
2 nov 2019
Murod Xolmuhammedov kech qoldi terma jamoaga chaqirilishga. Zarba, havodagi kurashlar, yerdagi yakkakurashlarda misli yo'q futbolchi. Harqalay anavi to'pori Davrondan ancha tartibli. Mirzaev kerak emas, u borini Lokomotivga berib bo'ldi. Ko'zlari terma jamoa uchun yonmaydi. Qolaversa Shoahmedovam endi bizni darajamizda bo'lmasa kerak. Xurshid G'iyosov qanday o'yinchi u? Fikrimcha bizga Krimets kerak. Uni qayta tarbiyalash kerak. Ko'rdikki To'xtaxo'jaev va Ashurmatov baribir havodagi kurashlarda ko'pam faol emas. Rashidov va Sidiqovlarga ham joy ajratilsa yaxshi bo'lardi. Shomurodovniyam hadeb maqtamasdan uni ko'proq yugurtirib, mehnat qildirish kerak.
Jo`rabek007
2 nov 2019
Лутфулло керак
Вадим Карленович Абрамов
2 nov 2019
Азиз Ганиевни асосийда синаб куринг Дон Абрамов, Сардор Мирзаев, Сардор Собирхужаев ва Олег Зотеев аут!
Uzbek_Imron
2 nov 2019
Шарҳда ким келятган ўйинларга. Шунга сўравнома қиворса бўладими.
Ko'proq ko'rsatish