​O'zbekiston MTJ Qozog'istonga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin

Sherzod Nurmatov
27 mar 2025
O'zbekiston terma jamoasi kuzda Qozog'iston bilan uchrashuv o'tkazish ehtimoli bor.

Manbaning malum qilishicha, QFF O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini tashkil etish bo'yicha samarali muzokaralar olib bormoqda.

O'yin noyabr oyidagi xalqaro tanaffus davrida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Qozog'iston terma jamoasi JCH-2026 saralashining so'nggi o'yinini 15 noyabr kuni Belgiyaga qarshi o'tkazishi kerak, shundan so'ng jamoada bo'sh sana paydo bo'ladi va aynan shu paytda O'zbekiston bilan o'yin tashkil qilinishi ehtimoli mavjud.  

Qozog'iston va O'zbekiston milliy terma jamoalari so'nggi bor 2022 yil 16 noyabr kuni Toshkentda uchrashgandi. O'shanda O'zbekiston 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

Takidlash joizki, O'zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionati final bosqichiga chiqishga yaqin. O'zbekiston 17 ochko bilan mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beruvchi turnir jadvalining ikkinchi pog'onasini egallab turibdi. Saralash bosqichi yakuniga qadar O'zbekiston ikkita o'yinda maydonga tushadi – BAAga qarshi safarda (5 iyun) va Qatarga qarshi uyda (10 iyun).

Avvalroq Qozog'iston terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Ali Aliev, agar Qozog'iston Osiyo futbol konfederaciyasida bo'lganida, O'zbekiston singari JCH final bosqichiga yo'l olgan bo'lardi, deb aytgan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: vesti.kz

Izohlar

Feruz Raxmatov
27 mar
Bular bilan oʻynashga rozi boʻlmaslik kerak. Oʻzlarini osmonda uchayotgandek his qiladi ular. Qozogʻiston bilan mahalla jamoasini oʻynatsa toʻgʻriroq boʻladi. Oʻshanda ham mahalla jamoasi yutadi ularni.
Sandro
27 mar
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari. Kelinglar, shu o'yinni o'tkazmaylik. Nimaga? Chunki qarama-qarshilik juda ham kuchayishi mumkin. Buz qozoqlar bilan do'stmiz, o'rtoqmiz, aka-ukamiz. Xar hil sovuqchilikka esa xojat yo'q. Yevropa biz qozoqlarga muxlislik qilaylik, Osiyoda esa Qozoqlar bizga muxlislik qilsin. Bir-ikki odamni deb oraga sovuqchilik tushmasin va yuqorida ozgina hissoyotga berilib yozilgan fikr egalari sovuq tanangizga bir mulohaza qiling. O'zbekiston va Qozog'iston o'yini o'tsin faqat do'stona muhitda. Hozirgi vaziyatda esa muhit do'stona bo'lmasligi mumkin. Bu albatta, IMHO!
Forever
27 mar
Lekin Hudo hohlasa kuzda jahon chempionatiga chiqqgan bolamiz qozoqlar bilan oynagandan kora kuchliroq termalara bilan oynash kerakmidi
Bu shunchaki o'yin
27 mar
Buning uchun Qozog'iston bizga pul to'lasin. O'zbekiston hozirda Qozog'istondan ancha kuchli. Va bu pulni OAVda e'lon qilishsin
{ CHELSEA }
27 mar
Qozoq Fudboliyam ancha oʻsib bormoqda lekin...